21:18 / 10.11.2015
2676

2015 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 1,2 mln noqonuniy muhojir kelgan

Frontex Yevropa chegara agentligining ma'lum qilishicha, 2015 yilning 1 yanvaridan 1 noyabriga qadar Yevropa Ittifoqining chegaralarini 1,2 mln nafarga yaqin noqonuniy muhojir kesib o‘tgan. Bu haqda agentlik saytida ma'lumot keltirilgan.

“Yevropa Ittifoqi chegaralarini joriy yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar 1,2 mln nafarga yaqin noqonuniy muhojir kesib o‘tdi. Bu o‘tgan yilgi 282 minglik ko‘rsatkichdan uch baravar yuqoridir”, — deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlar, masalan, Bolqon mamlakatlarida qochqinlar va muhojirlarni qabul qiladigan markazlar tashkil etish borasida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tgandi.

Top