08:38 / 10.11.2015
2991

Buyuk Britaniya Misrdan 7,5 mingga yaqin fuqarosini olib chiqib ketdi

Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari mavjud terroristik tahdid tufayli Misrning Sharm-ash-Shayx shahridagi aeroporti orqali 7473 nafar fuqarosini mamlakatga qaytardi. Bu haqda Buyuk Britaniya TIV matbuot xizmatining tvitteri orqali xabar qilindi.

Ma'lum qilinishicha, 9 noyabr kuni Sharm-ash-Shayx aeroportidan 11ta reys orqali 2,3 ming nafar britaniyalik olib uchilgan.

Qayd etilishicha, elchixona xodimlari britaniyalik sayyohlarning aeroport orqali mamlakatga qaytarilishi jarayonida xizmat qilishmoqda.

Top