08:17 / 10.11.2015
2728

Futbol mojarolari: Volfgang Nirsbax Germaniya futbol ittifoqi prezidentligidan ketdi

Volfgang Nirsbax Germaniya futbol ittifoqi prezidentligi lavozimini tark etdi. Bu ma'lumot tashkilotning 9 noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishidan keyin ma'lum qilindi.

Bunday qaror qabul qilinishi JCh-2006 atrofida yuzaga kelgan mojarolar bilan bog‘liq. Nirsbax mazkur mojarolarda asosiy figuralardan biri bo‘lib turibdi.

Nirsbax o‘ziga qo‘yilgan ayblarni butkul rad etmoqda va bu vaziyat uning uchun og‘ir zarba bo‘layotganini ta'kidlamoqda.

Xabarda aytilishicha, Nirsbax Germaniyaning FIFA va UYeFAdagi vakili bo‘lib qolaveradi.

Top