23:23 / 10.11.2015
5063

Hindlar “Qo‘hinur” olmosini qaytarib olish uchun Buyuk Britaniyani sudga berishni rejalashtirmoqda

Hindistonlik biznesmenlar jamoasi mashhur hind aktrisasi bilan birgalikda qirolicha Yelizavety II tojini bezab turgan afsonaviy “Qo‘hinur” olmosini qaytarish yuzasidan Buyuk Britaniya sudiga da'vo kiritdi. The South China Morning Post nashrining ma'lum qilishicha, ushbu qimmatbaho olmos Hindistondan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan.

Ushbu tashabbus ishtirokchilaridan biri bo‘lmish Rubric Lois King yuridik firmasi vakili Satish Jakxuning ta'kidlashicha, da'vochilar Britaniya sudidan tashqari, Gaagadagi xalqaro jinoyat sudiga ham murojaat etishadi.

“Tog‘ nuri” degan ma'noni anglatuvchi “Qo‘hinur” olmosi 1850 yilda inglizlar va sikxlar o‘rtasidagi ikkinchi urush nihoyasiga atab qirolicha Viktoriyaga taqdim etilgan. Urush yakunida London Sikxlar imperiyasi ustidan hukmronlik o‘rnatishgan edi. Hozir bu yer Hindiston va Pokiston o‘rtasida taqsimlangan.

1952 yilda Buyuk Britaniya taxtiga qirolicha Yelizaveta II kelganida uning tojini ana shu olmos bezab turgan edi. OAVning aniqlik kiritishicha, olmosning qiymati 100 million funt sterlengni tashkil etadi.

Top