09:28 / 10.11.2015
9084

Jyeb Bush: O‘tmishga qaytish imkoni bo‘lganida, Gitlerni go‘dakligidayoq o‘ldirardim

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Jyeb Bush o‘tmishga qaytishga imkon tug‘ilganida, Adolf Gitlerning go‘dak vaqtidayoq o‘ldirishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda siyosatchi The Huffington Post nashriga bergan intervyusida so‘zlab bergan.

“Jin ursin, men bu ishni qilar edim!” – dedi u. Bushning qayd etishicha, bunday harakat, nazariy jihatdan insoniyat tarixiga mislsiz oqibatlarni olib kelar edi.
Shu bilan birga, u yosh Gitler yoqimtoy bola bo‘lganida ham bu ishni bajargan bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

“Bu boshqalarga salbiy ta'sir ko‘rsatganida ham shu ishni qilardim – axir u Gitler”, - deydi respublikachi.
Avvalroq Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Donald Tramp Jyeb Bushga prezidentlik poygasidan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishni maslahat bergan edi.

Top