12:10 / 10.11.2015
3060

Jyeymi Vardi APLning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Angliya premer ligasida o‘tgan oyning eng yaxshilari aniqlandi.

Unga ko‘ra, "Lester" jamoasining 28 yoshli hujumchisi Jyeymi Vardi oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. U o‘tgan oyda APL doirasida o‘tkazilgan 4ta o‘yinda 5ta gol urgan.

Vardi joriy mavsumda o‘tkazilgan 12 turda jami 12ta gol urdi. Shundan ketma-ket 9ta o‘yinda maydonni golsiz tark etmagan.

Ayni vaqtda, uning gollari evaziga "Lester" jamoasi APLning 3-o‘rnida joylashgan (25 ochko). Jamoa oktabr oyida 4ta o‘yin o‘tkazgan va 3ta g‘alaba hamda 1ta durang qayd etgan: "Norvich" (2:1), "Sautgempton" (2:2), "Kristal Pelas" (1:0), "Vest Bromvich" (3:2). Shuningdek, Angliya ligasi kubogi doirasida "Xall Siti"ga qarshi uchrashuv o‘tkazilib, 1:1 hisobi qayd etilgan.

Top