12:23 / 10.11.2015
3388

«Qo‘qon-1912» jamoasi bosh murabbiyi Oliy liga yakuniga bitta tur qolganida iste'foga chiqarildi

Oliy liganing 29-turida o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ga mag‘lub bo‘lgan (2:3) "Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Rustam Abdullayev mavsum yakunlanishini kutib o‘tirmasdanoq, ishdan bo‘shatilgan.

Qayd etish kerakki, qo‘qonliklar "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin oldidan ligada jon saqlab qolish vazifasini bajarib bo‘lishgandi va bu mag‘lubiyat "o‘yinni sotish" sifatida baholangan.

Jamoa 30-turni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin 20 noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida soat 14:00da boshlanadi va qo‘qonliklarni bu o‘yinga bosh murabbiy sifatida Muhsin Nizomiddinov olib keladi.

Top