12:23 / 10.11.2015
3625

Rossiya TIV: Moskva va Vashington masalalarni kelishib hal qilishi uchun aloqa kanallari yetishmayapti

Rossiya va AQSh munosabatlarida ko‘plab hal qilinmagan masalalar to‘planib qoldi, ularni hal qilish uchun esa aloqa kanallari kamlik qilmoqda. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.

“Ular (amerikaliklar) o‘zlari o‘ylab topgan model asirlariga aylandi: bir tomondan, ular amalga oshirishni juda xohlagan, lekin amalga oshmagan Rossiyaning psevdoizolyatsiyasi. Boshqa tomondan, ular bir tomonlama tartibda barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni to‘xtatib qo‘ydi, faqat bitta kanal qoldi – TIV orqali”, - dedi u “Komsomolskaya pravda” gazetasi saytiga bergan intervyusida.

“Endi yechimini kutayotgan masalalar juda ko‘p, lekin ularni hal qilishga mo‘ljallangan kanallar yo‘q”, - qo‘shimcha qildi u.

Top