12:44 / 10.11.2015
3812

Sobiq jahon chempioni Ruslan Nuriddinov jarohat tufayli Xyustondagi JChni o‘tkazib yuboradi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi sportchilari Chorvoqdagi og‘ir atletika bazasida jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

Bosh murabbiy Bahrom Abdumalikov terma jamoa mashg‘ulotiga Ruslan Nuriddinov, Ulug‘bek Alimov, Sardor Do‘smurodov, Doston Yoqubov, Muhammad Begaliyev, Alixan Ergashev, qizlar jamoasidan Manzura Mamasoliyeva, Lola Qodirova, Marina Sisoyeva kabi tajribali atletlarni taklif etgandi.

Lekin og‘ir atletika bo‘yicha 2013 yilgi JCh g‘olibi, 2014 yilgi turnirning kumush medal sovrindori hisoblanmish Ruslan Nuriddinov 2015 yilning 20 noyabridan 29 noyabrigacha AQShning Xyuston shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Bunga u o‘z jarohatlaridan tiklana olmagani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo federatsiyalari vitse-prezidenti Shaxrullo Mahmudov ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Nuriddinov 2013 yilda Polshaning Vrotslav shahrida o‘tkazilgan JChda 105 kg vaz toifasida ishtirok etib, oltin medalga ega bo‘lgandi.

Top