12:24 / 10.11.2015
6637

Suriya va Iroqda 300 tojikistonlik halok bo‘ldi

Tojikistonlik jangarilari Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ko‘plab halok bo‘lmoqda, tirik qolganlarning ko‘pchiligi esa yurtiga qaytmoqchi. Bu haqda Tojikiston razvedkasi e'lon qilgan hisobotda aytildi.

Shu bugunga qadar halok bo‘lgan tojikistonliklar soni 300 kishini tashkil qildi, 200 kishi hozircha tirik.

Ta'kidlanishicha, 1 oy ilgari ijtimoiy tarmoqlarda tojik tilida IShID targ‘iboti olib borilayotgan edi. Lekin bugun targ‘ibotchilarning katta qismi o‘lib ketgani bois ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar yangilanmay qo‘ygan.

Shu bilan birga, dushanbelik mustaqil jurnalist Jahongir Sobirovning fikricha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari IShIDdagi Tojikiston diasporasi rahbari, o‘tgan yil bahorida Suriyaga ketib qolgan sobiq zobit Gulmurod Halimov jangda yaralanganidan so‘ng targ‘ibotni to‘xtatganlar. Bundan tashqari, jangarilar o‘z telefon raqamlari va turgan joylarini oshkor qilib qo‘yib, Rossiya aviazarbalariga nishon bo‘lishdan cho‘chimoqda.

Top