19:08 / 10.11.2015
6322

Suriyaning Lataqiya shahridagi otishma qurbonlari soni 23 nafarga yetdi

Suriyaning Lataqiya shahrida sodir etilgan otishma natijasida olamdan o‘tganlar soni 23 nafarga yetdi, 65 nafar fuqaro esa jarohat oldi, deya xabar qildi RIA “Novosti” mahalliy politsiyadagi axborot manbasiga asoslangan holda.

Avvalroq 10 kishining Lataqiya shahri raketa orqali o‘qqa tutilgani sababli halok bo‘lgani, yana 48 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.

“Ayni paytda 23 kishi halok bo‘ldi, eng kamida 65 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Top