18:12 / 10.11.2015
6208

Varvara Karaulova aybini tan oldi

Bir muddat ilgari IShID tarkibiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga yo‘l olib, Chechenistonda qo‘lga tushgan rossiyalik qiz, Moskva Davlat universiteti talabasi Varvara Karaulova Moskva shahar sudida o‘tayotgan eshitishlar chog‘ida o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni tan oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“U aybini to‘la hajmda tan olmoqda”, - dedi sudya so‘roq bayonnomasini o‘qib eshittirish chog‘ida.

Ilgariroq uning otasi Pavel Karaulov guvohlik chog‘ida qizining asosiy motivi ekstremistik qarashlar emas, muhabbat bo‘lganini da'vo qilgan edi.

Top