16:45 / 10.11.2015
3990

Varvara Karaulovaning otasi qizini himoya qilib chiqdi

Bir muddat ilgari IShID tarkibiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga yo‘l olib, Chechenistonda qo‘lga tushgan rossiyalik qiz, Moskva Davlat universiteti talabasi Varvara Karaulovaning otasi Pavel qizini bunday ishga undagan asosiy sabab muhabbat ekanligini aytdi.

“Varyaning aybi shundaki, u sevib qolgan, maktab va sport bilan doimiy band bo‘lgani bois teskari jins vakillari bilan yetarli darajada aloqa qilmagan”, - dedi u qizining ishi ko‘rib chiqilayotgan Moskva shahar sudi yig‘ilishida.

Uning ta'kidlashicha, qiz yollovchi bilan tanishib qolib, unga ko‘ngil qo‘ygan. Bundan foydalangan ekstremist Karaulovani Suriyaga chorlagan.
“Gap urush haqida emas, qizim ko‘ngil qo‘ygan, unga uylanmoqchi bo‘lgan erkak haqida ketmoqda, - dedi Pavel Karaulov. – Ammo birinchi uchrashuvimizda u qaytib kelib, o‘qishni davom ettirishni istashini aytgan edi”.

Top