17:38 / 10.11.2015
5170

Xitoy Rossiya bilan viza tartibini bekor qilishi mumkin

Xitoy Rossiya bilan ikki tomonlama turistik oqimni oshirish maqsadida vizasiz tartib joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 noyabr kuni XXR TIV Yevropa va Osiyo davlatlari departamenti rahbari Guy Tsun'yu bayonot berdi.

Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, ayni paytda 5 kishidan ortiq turistik guruhlar uchun vizasiz rejim amal qilmoqda. Ammo bunday soddalashtirilgan sxema ham, TIV xodimining fikricha, Rossiyaga borishni istayotgan Xitoy fuqarolarini qoniqtirmayapti.

“Biz bundan buyon turistlar uchun rejimni yengillashtirib, RF bilan vizali tartibni bekor qilishga harakat qilamiz, - dedi Tsun'yu. – Gap turoperatorlar ishtirokisiz o‘tadigan safarlar haqida ketmoqda. Bugungi vizasiz rejim talablarga javob bermayapti”.

Top