07:29 / 11.11.2015
5585

2015 yilning 10 oyida RFdagi GM Uzbekistan avtomobillari savdosi 49 foiz qisqardi

2015 yilning yanvar-oktabr oylarida Rossiya Federatsiyasi hududida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining 17119ta avtomobili sotildi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma'lumotida  yozilgan.

O‘tgan yilning ushbu davri bilan solishtirganda (33472 ta avtomobil), sotish hajmi 48,9 foiz qisqargan. Oktyabrda Rossiyada GM Uzbekistan`ning 1621ta avtomobili sotilgan va bu 2014 yilning oktabridagiga (1819ta) nisbatan 10,9 foiz kamdir.

Umuman olganda, yangi yengil va yengil tijorat avtomobillari sotuvi Rossiyada oktabr oyida 38,5 foiz, ya'ni 129,95ta avtomobilgacha qisqardi. Eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligiga o‘sha yerda ishlab chiqarilgan avtomobillar kirgan. Rossiyada yanvar-oktabr oylarida qariyb 1,323 millionta yengil avtomobil sotilgan.

Top