00:36 / 11.11.2015
3463

Benedikt Kamberbetch Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi

Buyuk Britaniya qirolichasi aktyor Benedikt Kamberbetchni Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Aktyor bu ordenga o‘z faoliyatidagi muvaffaqiyat va xayr-saxovati sabab munosib ko‘rilgan.

Kamberbetchning so‘zlariga ko‘ra, u qirolichani ilk bor ko‘rishi va bu uning uchun katta sharaf. Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida unga rafiqasi Sofi Xanter hamrohlik qildi.

O‘sha kuni u Londonning “Barbikan” teatrida “Gamlet” spektakilidagi bosh rolni ijro etdi.

Top