14:00 / 11.11.2015
4404

Darig‘a Nazarboyeva: Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tizimidan shifokorlar ham, fuqarolar ham norozi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tizimidan shifokorlar ham, fuqarolar ham norozi, deb hisoblamoqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Darig‘a Nazarboyeva.

“Biz bugun aholining ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati, tibbiy yordam imkoniyatlari darajasidan shikoyatlari kabi kamchiliklar haqida gapiroqdamiz. Umuman olganda katta darajada norozilik va qoniqmaslik kuzatilmoqda. Vaholanki, bundan ikki tomon – ham shifokorlar, ham fuqarolar norozi”, deb aytdi Nazarboyeva Ostona akimatida (hokimiyatida) byudjyet sohasi ishchilari bilan uchrashuv paytida.

“Sog‘liqni saqlash tizimida shak-shubhasiz kamchiliklar mavjud. Muammolar hal qilishni talab qiladi. Sog‘liqni saqlash kabi katta sohada bir soatda keskin o‘zgarishlar va yaxshi hayot kelmaydi. Bu har doim vaqt talab qiladigan jarayondir. U katta xarajatlar, insoniy va moliyaviy zaxiralarni va boshqa shu kabilarni talab qiladi. Shuning uchun bu yerda sabr qilishimizga to‘g‘ri keladi”, deb qo‘shimcha qildi Nazarboyeva.

Nazarboyevaning ta'kidlashicha, xorijda tibbiy yordam olishni istovchilar tobora ko‘payib bormoqda.

“Pullar topib, navbatda turib, istalgan yo‘l bilan xorijga bormoqdalar. Vaholanki, ko‘pchilik xorijiy ekspretlar bizning shifokorlarning tayyorgarlik darajasi ancha yuqoriligi, ko‘plab operatsiyalarni bizda ham o‘tkazish mumkinligi, bekorga pul sarflab chetga ketayotganimizni aytmoqdalar. Shunga qaramay kamchiliklar bor. Bunda gap tibbiyot xodimlari bilim darajasi pastligi, xodimlarning past darajadagi tayyorgarligi haqida ketmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Nazarboyeva.

Nazarboyevaning aytishicha, oxirgi yillarda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish bir necha barobarga ortgan. Buning evaziga yangi shifoxonalar, yangi klinikalar ochish, eng zamonaviy tibbiyot uskunlari sotib olish imkoni paydo bo‘ldi. Biroq shunga qaramay, aksariyat tibbiyot muassasalari binolari avariyaviy holatda, eski holatda qolmoqda.
Nazarboyevaning fikricha, bu muammolar tezlik bilan hal qilinishi lozim. Uning aytishicha, bu muammolarni hal qilish uchun yangi mexanizmlar zarur.

“Shuning uchun 2016-2019 yillar uchun sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning yangi davlat dasturini qabul qilish taklif qilinmoqda”, deb qayd qilib o‘tdi Darig‘a Nazarboyeva.

Top