17:54 / 11.11.2015
2673

Masimov: Qozog‘iston YeI bilan hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuv imzolaydi

Shu yilning dekabrida Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi bilan yangi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimov Ostona klubi yig‘ilishidagi chiqishida ma'lum qildi.

“Biz Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligimizni davom ettirish va chuqurlashtirishni istaymiz, - ta'kidladi u. – Umid qilamizki, dekabrda sheriklik bo‘yicha yangi kelishuvni imzolaymiz”.

Oktyabr oyi oxirida Qozog‘iston rasmiylari yangi kelishuvni imzolash uchun YeI delegatsiyasi tashrif buyurishini kutayotganini ma'lum qilgan edi.

Top