08:37 / 11.11.2015
2309

Oq uy: Obama “G20”da Suriya masalasini muhokama etishni rejalashtirmoqda

Oq uyda AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernestning ma'lum qilishicha, Turkiyada bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida Baraka Obama Suriya masalasini muhokama etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar beradi.

“Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti faoliyatini susaytirish va butunlay yo‘q qilishni yanada kuchaytirish borasida AQSh tomonidan beriladigan taklif va suhbatlar kutilmoqda”, — dedi u.

Ernestning qo‘shimcha qilishicha, “Katta yigirmatalik”da qatnashayotgan davlatlari orasida IShIDga qarshi kurashda AQSh boshliq koalitsiyaga kiruvchi bir qator mamlakatlar ham bor.

Top