16:36 / 11.11.2015
4025

O‘zbekiston Milliy Kutubxonasida Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy Kutubxonasida O‘zbekiston Xalq shoiri va yozuvchi Xurshid Davron bilan "So‘yla, yurak, adabiyotdan" mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adabiyot sohasining vakillaridan pedogogika fanlari doktori Qozoqboy Yo‘ldoshev, Eshqobil Shukurov va Shukur Qurbon ham ishtirok etdi.

Yig‘ilganlarga Xurshid Davronning ijodi, shu bilan birga, Kh-davron.uz sayti faoliyati haqida ma'lumotlar berildi. Shoirning rus va ozarbayjon shoirlari ijod namunalaridan tashqari, yapon xokku va tankulari tarjimasi bilan ham shug‘ullanayotgani adabiyot ixlosmandlari e'tiborini tortdi.

Ijodiy uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi. Jumladan, adib “Vatanni nimaga qiyoslaysiz”, deb berilgan savolga: "Vatan – nafasimiz. Uni bezakdor so‘zlar bilan tasvirlash shart emas", - deya javob berdi.
Charos Omonova, O‘zDJTU talabasi

Top