20:01 / 11.11.2015
2521

Poroshenko Ukrainaning NATOga a'zo bo‘lishiga 6-7 yil vaqt borligini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Ukraina NATOga a'zo bo‘lishi uchun 6–7 yil talab etiladi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a'zo bo‘lish uchun Ukrainada ma'lum bir islohotlar va referendum o‘tkazish kerak bo‘ladi.

“Biz NATOga a'zo bo‘lishimiz uchun unga munosib bo‘lishimiz kerak. Faqat bu bugun, ertaga yoki keyingi yil sodir bo‘lmaydi”, — dedi Poroshenko.

Poroshenkoning ma'lum qilishicha, ikki yil oldin NATOga a'zo bo‘lishni 16 foiz ukrainalik istagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hozirga kelib 60 foizni tashkil etmoqda.

Top