19:10 / 11.11.2015
8891

Putin: Rossiya qurollanish poygasiga kirmayapti, balki qo‘ldan boy berilganning o‘rnini to‘ldirmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurollanish poygasiga kirishni istamasligini aytdi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.

“Biz qandaydir qurollanish poygasiga kirishni mo‘ljallamayapmiz. Kimgadir yetib olish yoki o‘tib ketishniku, umuman istamayapmiz. Biz shunchaki Rossiya Qurolli kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari surunkali tarzda yetarlicha moliyalashtirilmagan 1990-yillar-2000-yillarda qo‘ldan boy berganlarimizning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak”, deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshirish sur'atlari yaxshi darajada saqlanib qolmoqda. “2015 yilda qo‘shinlarga 2014 yilga nisbatan 25 foizdan ko‘proq yangi va modernizatsiya qilingan qurol-aslaha namunalari taqdim qilindi. Muhimi bu kelayotgan zamonaviy qurol-aslaha jadallik bilan ishlatilmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Putin.

Putinning aytishicha, mudofaa sohasida import o‘rnini bosish iqtisodiyotning fuqarolik tarmoqlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi kerak.

Top