14:59 / 11.11.2015
4376

Robben va Levandovski o‘rtasida mashg‘ulot vaqtida ziddiyat kelib chiqdi

"Bavariya"ning ikki yetakchi futbolchisi Aren Robben va Robert Levandovski o‘rtasida mashg‘ulot vaqtida ziddiyatli vaziyat yuz berdi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, mashg‘ulot vaqtida polshalik hujumchi Robert Levandovski Robbenni xudbinlikda ayblab, o‘ziga to‘p oshirmagani uchun unga baqirgan.

Mashg‘ulotdan keyin undan jurnalistlar bu harakati uchun izoh so‘rashganida, polshalik futbolchi bu masalani ochiq qoldirgan va "Barchasini o‘zingiz ko‘rdingiz", deya javob qaytargan.

Shuningdek, "Bavariya" jamoasining sport ishlari bo‘yicha direktori Matias Zammer bu hodisa yuzasidan izoh bergan va aytishga arzigulik muammo yo‘qligini, ichki muhit joyidaligini aytgan.

"Hech qanday muammo yo‘q. Futbolchilar ba'zida qizishib turishadi. Umuman, barchada shunday bo‘ladi", deya javob bergan Zammer shu holat yuzasidan berilgan savolga.

Top