19:49 / 11.11.2015
4000

Shifokor: Messi "El-klasiko" bahsida maydonga tushmasligi kerak

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi shifokori Omero De Agostinoning fikriga ko‘ra, «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining eng muhim qarama-qarshiligi bo‘lmish «El-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi kerak.

«Messi «El-klasiko»da o‘ynaydigan darajada tayyor bo‘lishiga shubha bilan qaramoqdaman. Luis Enrike kimdir uni tuzalgan deyishiga ishonib ketavermasligi kerak. Muammo futbolchining to‘p bilan muomalada bo‘layotganida yana bir marta jarohatlangan joyning qo‘zg‘alishi mumkinligida. Men uning jismoniy jihatdan muammosi borligiga ishonmayman, muammo futbol amaliyotida.

Albatta nima bo‘lgan taqdirdayam Messi bu Messi, unga yana o‘zining futbol ritmiga tushib olish zarur», — deydi De Agostino Cadeno SER nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Messi mustaqil ravishda yugurib, to‘p bilan muomala qilishni boshlagani va 21 noyabr kuni «Real»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Top