00:31 / 11.11.2015
3065

VietJet aviakompaniyasi 30 dona Airbus A321 samolyotiga buyurtma berdi

Vetnamning byudjyetdagi aviatashuvchisi VietJet Air 30 dona Airbus A321 yo‘lovchi samolyoti buyurtma qilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Kompaniya vakilining oydinlik kiritishicha, buyurtma 9 dona A321ceo samolyotiga, 21 dona A321neo samolyotiga qilingan. Ushbu modellar bir-biridan dvigatellari borasida farq qiladi.

“Bizning olib borgan ushbu chora-tadbirimizdan maqsad, qo‘shimcha A321 samolyotlari yordamida ichki va xalqaro parvozlarimizda yo‘lovchilar sonini oshirishdan iborat”, — deb ta'kidlagan u.

Ma'lum bo‘lishicha, so‘nggi haftalarda Airbus da ham, Boeing da ham yangi buyurtmalar miqdori tushib ketgan.

Top