12:05 / 11.11.2015
3273

Zlatan Ibrohimovich: Mening tanam xuddi mashina kabi. U yaxshi ishlashi uchun uni yaxshi boshqarish kifoya

"PSJ" jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovich jurnalistlar bilan suhbati vaqtida o‘zining kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.

"Futbol atrofidagi narsalar meni avvalgidan ko‘ra ko‘proq qiziqtirmoqda. Ilgari men ko‘plab takliflar olardim, ularni o‘ylab ham o‘tirmay, rad etib, boshqasini qabul qilaverardim. Hozir futbol xuddi oldingidek eng aosiysi, biroq endi qarorni futbolchi sifatida qabul qilaman.

MLS? Hammasi o‘zimga bog‘liq. Bu juda jiddiy loyiha bo‘lishi kerak. Mening bu borada o‘z rejalarim bor va nimani istayotganimni o‘zim yaxshi bilaman.

Men juda yaxshi formadaman va o‘zimni maydonda foydali his etyapman. Mening tanam — xuddi mashinadek: qancha yaxshi boshqarsang, shuncha yaxshi yuradi. Mening yoshim to‘xtashga sabab bo‘lolmaydi", — deydi Ibrohimovich La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, 34 yoshli bu futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 8 uchrashuv o‘tkazdi va 9ta gol urib, 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Biroz oldinroq, unga 10-marta Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofot topshirilgandi.

Top