09:02 / 12.11.2015
3106

“Moviy oy” olmosi 48 mln dollarga sotildi

Jyenevada o‘tgan Sotheby's auksionida dunyoda kam uchraydigan olmos rekord summaga sotildi. Gap 12,03 karatli “Moviy oy” olmosi haqida bormoqda. U 48 million AQSh dollari hisobiga sotilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Savdo 29 mln dollardan boshlangan va yetti daqiqa davom etgan. Qimmatbaho tosh xususiy kolleksioner tomonidan sotib olingan. U olmosni “Jozefinaning moviy oyi” deb nomlagan. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, olmos sotilishi borasida rekord summa o‘rnatdi.
“Moviy oy” shu paytgacha auksionda qo‘yib kelingan yorqin moviy rangli olmoslarning eng kattasi hisoblanadi.

Top