09:13 / 12.11.2015
2962

AQSh Yevropaga 880 mln dollarlik qurol-yarog‘ sotishni rejalashtirmoqda

Pentagon vakillari AQSh kongressida Yevropa bilan tuziladigan bitim muvaffaqiyatli kechsa, 880 million dollar miqdorida foyda ko‘rish mumkinligini aytishdi, deb xabar bermoqda Defense News.

Gap Afrikada operatsiyalar o‘tkazish uchun Fransiyaga sotiladigan samolyotlar, Rossiya bilan chegaralarini mustahkamlash uchun Finlyandiyaga sotiladigan raketalar va IShIDga qarshi kurashish uchun Buyuk Britaniyaga sotiladigan raketalar haqida bormoqda.

Dastlabki baholarga ko‘ra, Fransiya bilan 650 mln dollarlik, Finlyandiya bilan 150 mln dollarlik, Buyuk Britaniya bilan esa 80 mln dollarlik shartnoma tuzilgan.

Top