10:34 / 12.11.2015
2745

Hindiston bosh vaziri Buyuk Britaniyaga yo‘l oldi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida britaniyalik hamkasbi Devid Kemeron bilan xavfsizlik va iqtisodiyot masalalarini muhokama qilmoqchi, deb xabar bermoqda RIA Novosti agentligi.

Safar 12-14 noyabr kunlariga mo‘ljallangan. U Hindiston rahbarining Buyuk Britaniyaga 9 yil ichidagi birinchi safari bo‘ladi. Safar kun tartibidagi asosiy masala iqtisodiyot va investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda.

Top