01:13 / 12.11.2015
3558

Internetda Yevro-2016 musobaqasining rasmiy to‘pi fotosuratlari paydo bo‘ldi

Internetda Fransiyada 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lib o‘tadigan Yevro-2016 futbol musobaqasida ishlatiladigan to‘pning fotosuratlari paydo bo‘ldi.

Musobaqa uchun mo‘ljallangan to‘p “Beau Jeu” (“Chiroyli o‘yin”) degan nom oldi. To‘pni Germaniyaning Adidas kompaniyasi yaratgan.

Yevropa qit'asining bosh musobaqasida birinchi marta 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.

12 noyabrda Parijda ushbu to‘pning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Top