17:11 / 12.11.2015
2710

Jahon banki Tojikistonni samarali va manzilli ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga chaqirdi

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller Tojikistonga tashrifi jarayonida respublika rahbariyatini fuqarolar, ayniqsa, aholining kambag‘al va zaif qatlamining turmush sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilgan tuzilmalarni isloh qilishga chaqirdi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

Shuningdek, u to‘g‘onlar reabilitatsiyasi va xavfsizligi masalalari bo‘yicha Jahon banki tomonidan ikkita tadqiqot ishi o‘tkazilayotgan Nurek gidroelektr stansiyasiga bordi.
Myullerning Tojikistonga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Jahon bankining mamlakatdagi ko‘p miqdordagi ish o‘rinlarini ochishni o‘z ichiga olgan kambag‘allik darajasini pasaytirish va aholi hayotining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlari muhokama qilinadi.

“Jahon banki qisqa muddatli istiqbolda neft narxining ko‘tarilishi yoki tashqi iqtisodiy muhitning yaxshilanishini kutayotgani yo‘q va barqaror tuzilmaviy islohotlarni o‘tkazish, samarali hamda manzilli ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga chaqiradi”, - dedi Meller o‘z so‘zida.

Top