13:21 / 12.11.2015
3970

Jomboyda gaz ta'minoti xodimi odamlarni aldab pul undirib yurgani aniqlandi

Jomboyda gaz ta'minoti xodimi odamlarni aldab pul undirib yurgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, “Markazgazta'minot” UKga qarashli “Chelakgaz” filialida nazoratchi bo‘lib ishlaydigan Ozod Xidirov fuqaro Ali Nasriddinovning uyiga borib, uning gazdan 2.65 mln so‘m qarzi borligini aytgan va bu qarzni “yo‘q qilish” evaziga 300 dollar va 200 ming so‘m olgan. Kvitantsiyalarni esa “ertaga keltirib beraman” degan bahonada uy egasiga topshirmagan.

Bundan tashqari, 4 mln so‘mdan ortiq qarzi borligi aytilgan Bobur Ro‘ziyev ham shu yo‘l bilan aldangan. Ozod Xidirov undan 600 dollar va 200 ming so‘m olgan.
Uchinchi “o‘lja”sidan 1 mln so‘m olayotgan paytda Xidirov militsiyachilar tomonidan qo‘lga olindi.

Top