20:18 / 12.11.2015
10093

Krishtianu Ronaldu 19 mln yevro evaziga xususiy samolyot sotib oldi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 19 mln yevro mablag‘ evaziga xususiy samolyot xarid qilgan. Bu haqda mundodeportivo.com nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, ushbu samolyot Israel Aircraft Industries kompaniyasi tomonidan tayyorlangan, u oshxona, uchuvchilar va yo‘lovchilar uchun alohida yuvinish xonalari, shkaflar, telefon, faks va ko‘ngilochar tizimlar bilan ta'minlangan.

Qayd etilishicha, ushbu samolyot 10 kishini olib uchish imkoniyatiga ega.

Ma'lum qilinishicha, futbolchi bu samolyotda ilk parvozni amalga oshirib bo‘lgan, shu haftada Londonda o‘tkazilgan, o‘zi haqidagi hujjatli film taqdimotiga shu samolyot orqali uchib borgan.

Top