08:23 / 12.11.2015
2343

Nyu-Yorkda rassom Uorxol ijodiga mansub Mao Tszedun portreti 47,5 mln dollarga sotildi

AQShlik mashhur rassom Endi Uorxol ijodiga mansub Xitoy kompartiyasining marhum yetakchisi Mao Tszedunning portreti Nyu-Yorkda Sotheby's auksionida 47,5 mln dollarga sotildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

1972 yilda chizilgan portret versiyasida Mao Tszedun to‘q-ko‘k frenchda (harbiy kurtka)da havorang fonda tasvirlangan. Tszedun yuzining chap qismi sariq rang bilan, lablari esa to‘q pushti rangga bo‘yalgan.

Avvalroq rassomning mo‘yqalamiga mansub Merilin Monro portreti 36 mln dollarga sotilgani ma'lum qilingandi.

Top