00:06 / 12.11.2015
7761

OAV: Xitoyda 470 tonnali oltin xazina aniqlandi

Xitoyda o‘tkazilgan Sariq dengiz kunida yirik oltin zaxirasini aniqlashdi. Uning umumiy og‘irligi 470 tonnani tashkil etmoqda, deb xabar beradi South China Morning Post gazetasi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, uni qazib olish bir muncha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, chunki u 2 km chuqurlikdagi yer tagida, suv ostida yotibdi, deb ta'kidlamoqda TASS nashri.
Boylik Shandun viloyatining Sanshan orolidagi tumandan topilgan. Bu viloyat ana'naviy tarzda oltin qazib olish bo‘yicha mamlakatda yetakchi hisoblanadi.

Top