08:32 / 12.11.2015
2044

O‘tgan haftda O‘zbekiston hududida 261 marta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 261ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong‘inlarda 511 mln so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 684 mln so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro X.Toxirovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 45 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi fuqaro A.Akbarovning uyida paxta yog‘ini dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 50 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda qo‘shnisining uyini 60 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro A.Azizovning uyida sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Top