17:24 / 12.11.2015
2905

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri lavozimidan ozod etildi

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri Ali Abbosov 12 noyabr kuni o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi qaror mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan.

Ushbu qarorga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Ali Abbosov bu lavozimda 2004 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, shu yilning 17 oktabr kunida Ozarbayjon Milliy xavfsizlik vaziri Eldor Mahmudov iste'foga chiqarilgandi. U ham o‘z lavozimini 10 yildan oshiq vaqtdan buyon egallab kelayotgandi.

O‘z navbatida, Milliy xavfsizlik vazirligining bir necha xodimlariga nisbatan mansabni suiiste'mol qilganlik va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jinoiy ish ochilgan.

Mahalliy OAVlarning ma'lumotiga ko‘ra, prezident apparatining Aloqa va yuqori texnologiyalar bo‘yicha bo‘limi rahbari Vidadi Zeynalov hibsga olingan.

Top