09:09 / 12.11.2015
4934

O‘zbekiston 2015 yilgi global innovatsiya indeksida 122- o‘rinda qayd etildi

Jahon intellektual mulk tashkiloti «The global innovation index 2015. Yeffective innovation policies for development» hisobotini e'lon qildi. Joriy yilda hisobot innovatsiyalarning iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga ta'siriga bag‘ishlandi.

“Innovatsiyalar taraqqiyotning barcha bosqichlarida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish uchun sharoit yaratadi. Biroq ular avtomatik ravishda vujudga kelmaydi”, - deydi JIMT bosh direktori Frensis Garri taqdim etilgan “2015 yilning global innovatsiya indeksi” hisobotiga asoslangan holda.

Uning qayd etishicha, “har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotidagi innovatsiyalar va ijodiy salohiyatni ishga soladigan majmuaviy chora-tadbirlar siyosatini belgilab olishi kerak”. BMT Yangiliklar markazining xabar berishicha, yangi hisobotda ekspertlar yuqori darajadagi daromadga ega mamlakatlar va rivojlanayotgan davlatlar qanday qilib turli xil yangiliklar bilan taraqqiyotni jadallashtirayotganini ko‘rsatib berishdi.

2015 yilda asosan yuqori darajadagi daromadga 25 davlatdan iborat guruh innovatsiya reytingining baland pog‘onalarini egallashdi.
Top-10 reytin:
1. Shveytsariya (2014 yilda 1- o‘rin).
2. Birlashgan Qirollik (2).
3. Shvetsiya (3).
4. Niderlandiya (5).
5. Amerika Qo‘shma Shtatlari (6).
6. Finlyandiya (4).
7. Singapur (7).
8. Irlandiya (11).
9. Lyuksemburg (9).
10. Daniya (8).
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududida Rossiya innovatsiya reytingida 48- o‘rinni egallagan bo‘lsa, Belarus – 53, Ukraina – 64 va Gruziya – 73- o‘rinda qayd etilgan.
Hisobot mualliflari bir qator qashshoq mamlakatlar innovatsiyalar sohasida katta muvaffaqiyatga erishganini ta'kidlab o‘tishdi.

Jumladan, tezkor innovatorlar guruhiga o‘rtacha va past daromadga ega davlatlardan Kitay (reytingda 29- o‘rin), Malayziya (32), Vetnam (52), Hindiston (81), Iordaniya (75), Keniya (92) va Uganda (111) kirdi.
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida innovatsiyalar yetakchisi sifatida Hindiston va Qozog‘iston reytingdagi 81 va 82- o‘rinlarni egallagan holda yetakchi bo‘lishdi. O‘zbekiston esa 122- o‘rinda tilga olindi.

Top