16:36 / 12.11.2015
2943

O‘zbekiston Markaziy banki: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 2.4 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi

Joriy yilning 3 choragi mobaynida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 2.4 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki va “Agrobank” hamkorligida Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Kreditlarning 1.8 trln so‘mlik qismi paxtachilikka, 543.3 mlrd so‘mlik qismi esa donli ekinlar yetishtirishga yo‘naltirildi.
Kredit berishda kelajakdagi hosilni garovga qo‘yish amaliyoti keng qo‘llanilgani ta'kidlab o‘tildi.

Qayta ishlovchi korxonalarni kreditlashtirishda esa kafillik mexanizmi keng qo‘llanilgani aytildi.
Ayni paytda bu kreditlar uchun 1.5 ming minibanklar orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.

Top