23:41 / 12.11.2015
4391

Qarshi shahrida o‘g‘irlab ketilgan Nexia bir kunda topib berildi

Huquq-tartibot organlari Qashqadaryo viloyati markazida o‘g‘irlangan Nexia rusumli mashinani bir kunda topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Qarshi shahar IIB navbatchilik qismiga mashina o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar kelib tushgan. Ma'lum bo‘lishicha, Qarshi temir yo‘l bekati avtomashinalar saqlash joyida qoldirilgan avtomobil noma'lum shaxslar tomonidan olib qochilgan.

Olib borilgan ishlar natijasida ko‘p o‘tmay ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 31 yoshli shaxs qo‘lga olindi.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Top