10:37 / 12.11.2015
4219

Qozog‘iston fuqarolarining 10 foizi chet elga chiqa olmaydi

Qozog‘iston fuqarolarining 10 foizi chet elga chiqa olmaydi. Davlat daromadlari qo‘mitasining ma'lum qilishicha, 1.5 mln dan ortiq fuqaro soliq, jarima va alimentlarni to‘lamaydi, shu bois chetga chiqa olmaydi. Bu haqda KTK telekanali xabar berdi.

“Qarzdorlikning umumiy miqdori 9 mlrd tangadan oshadi. Asosiy qarz hajmi 7 mlrd. Qarzdorlarning eng katta qismi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga to‘g‘ri keladi”, - dedi davlat daromadlari qo‘mitasi boshqaruvchi raisi o‘rinbosari Yerlan Baydeldinov.

Top