10:06 / 12.11.2015
3730

Qozog‘istonning tashqi savdo aylanmasi 36,4 foizga tushib ketdi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Qozog‘iston tashqi savdo aylanmasi 58878,2 mln ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi natijaga soltishtirganda 36,4 foizga kamdir. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi milliy iqtisodiy vazirligining statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Unga muvofiq eksport hajmi 35733,2 mln ga (42,5 foiz), import hajmi esa 23145 mln ga (23,8 foiz) tushgan.
Mazkur statistika xabariga ko‘ra, mamlakat tashqi savdo aylanmasining tushib ketishiga yuridik shaxslarning qisqartirilishi sabab emas.

2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni 357849 tani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilgi shu davrdagi ko‘rsatkichga qaraganda 1,6 foizga ko‘pdir.

Top