19:07 / 12.11.2015
7864

Rashk tufayli Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasida qotillik sodir etildi

Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasida rashk tufayli Tojikiston fuqarosi Shoira Jobirova o‘ldirildi. Bu Tojikiston va Rossiya huquq-tartibot idoralarining harbiy qo‘mondonlik bilan hamkorlikda olib borayotgan tekshiruvlarining eng asosiy taxminidir. Bu haqda tekshiruv olib borayotgan jamoa ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

"Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan olib borilgan tekshiruv doirasida jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan turli variantlar ko‘rib chiqildi. Ulardan eng ishonarlisi va asosiy variant qotillik rashk oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi”, - dedi teshiruv jamoasi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan harbiy halok bo‘lgan ayol bilan birga 5 noyabr kuni tunda 201-bazaga kelgan va uni hujjat tekshirish punktidagilarga o‘z rafiqasi, deb tanishtirgan.

Vakilning axborot berishicha, “qotillikda gumonlangan harbiy xizmatchi qo‘lga olingan va o‘z aybini bo‘yniga olgan”.

Top