19:51 / 12.11.2015
3169

Robotlarga do‘kon peshtaxtalarini nazorat qilish ishonib topshirildi

Simbe Robotics kompaniyasi do‘kon peshtaxtalarida barcha mahsulotlarning yetarlicha miqdorda mavjudligi ortidan nazorat olib boruvchi robotni yaratdi, deb xabar bermoqda MIT Technology Review nashri.

Do‘kon peshtaxtalarini skaner qiluvchi Tally nomli yangi robot xaridorlarni quruq qo‘l bilan qoldirmaydi. Robot do‘kon stellajlari orasida harakatlanib, ularni mahsulotlar bilan to‘lg‘azib boradi. Robot ixtirochilarining aytishicha, robot riteylerlarga milliardlab dollar tejashga imkon beradi, chunki u stellajlarni odamdan ko‘ra tezroq nazorat qila oladi.

Robot g‘ildirakli asosda harakatlanadi va do‘kon peshtaxtalarini barcha mahsulotlarning mavjudligiga skanerlaydi, mahsulotlarning miqdori, ularning omborda bor-yo‘qligi va ko‘rsatilgan narxning to‘g‘riligi haqida ma'lumot to‘playdi.

“Texnik nuqtai nazardan robotning istiqboli porloq ko‘rinadi”, deb aytdi Karnegi-Mellon universiteti professori Manuela Velozu.

Top