20:37 / 12.11.2015
3128

Saudiya Arabistoni qiroli Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasini Misrga parvozlarni to‘xtatmaslikka chaqirdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasini Rossiya samolyoti Misrda qulagandan keyin Sharm-ash-Shayxga parvozlarni davom ettirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Saudi Press Agency (SPA) axborot agentligi.

“Qirol Misr sayyohlik sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Saudiya avialiniyalariga Ar-Riyod va Jiddadan Sharm-ash-Shayxga parvozlarni davom ettirish iltimosi bilan murojaat qildi”, deyilmoqda xabarda.

Agentlikning ta'kidlashicha, qirol Misr xavfsizlik kuchlari va armiyasining mamlakatda tinchlikni ta'minlashga qodirligiga to‘liq ishonishini aytdi.

Top