07:24 / 12.11.2015
2927

Ukraina Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat mudofaasiga kamida 100 mlrd grivna ajratilishini so‘ramoqda

Ukrainaning 2016 yildagi byudjyetida mamlakat xavfsizligi va mudofaasiga kamida 100 mlrd grivna (4,4 mlrd dollar) ajratilishi kerak, deb ma'lum qilmoqda “112 Ukraina” telekanali.   

Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Muzokaralar natijalariga ko‘ra Ukraina Vazirlar Mahkamasiga xavfsizlik va mudofaa sektoriga Ukraina YaIMining 5 foizi hajmida mablag‘ ajratilishini ta'minlash tavsiya qilindi. Bundan kamida 3 foizi mudofaa sektoriga ajratiladi. Davlat byudjyeti jamg‘armasidan ko‘zda tutilgan moliyalashtirish kamida 100 mlrd grivnani tashkil qiladi”, deyilmoqda xabarda.   

Ta'kidlanishicha, shuningdek, maxsus jamg‘armalar va davlat kafolatlari ostida mablag‘larni jalb qilish hisobiga qo‘shimcha moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Top