12:03 / 12.11.2015
3966

Yaponiya va O‘zbekiston oliygohlari rektorlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

Toshkentda II O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari konferensiyasi hamda VI O‘zbekiston-Yaponiya akademik forumi o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishdir, deb xabar beradi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqiy faoliyat olib borish yo‘nalishlarida tajriba almashishni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Yaponiya delegatsiyasi tarkibiga 65 kishi kiradi.

Ularga Yaponiya ta'lim, madaniya, sport, fan va texnologiyalar vaziri Kixei Maekava boshchilik qiladi.
Konferentsiya ishtirokchilari o‘rtasida Nagoya, Rittsumeykan, Aichi, Vaseda, Keyo, Tsukuba, Soka, Kioto, Mie, Rishsho, Xokkaydo va boshqa institutlar rektorlari bor.

Top