20:22 / 13.11.2015
2928

2020 yilda O‘zbekiston 1,5 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi

“O‘zbekengilsanoat” DAK 2020 yilgacha to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilish hajmini 1,5 mlrd dollarlik qiymatga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Review.uz nashri xabar qilgan.

Kompaniya prognozlariga ko‘ra, 2019 yilda paxta kalavasi to‘qimachilik mahsulotlari jami eksportining 50,1 foizlik ulushini tashkil qiladi (2014 yilda 60,1 foiz). Shuningdek, tayyor mahsulotlar 33,1 foiz (2014 yilda 22,3 foiz), matolar va polotenlar 14,5 foizni (2014 yilda 14,5 foiz) va boshqa mahsulotlar 2,3 foizni (2014 yilda 3,1 foiz).

Bugungi kunda Rossiya va MDH davlatlari O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari mahsulotlarining yirik importyorlari hisoblanadi. Ularning zimmasiga barcha eksportning 51 foizi to‘g‘ri keladi, 21 foiz mahsulot Janubiy Osiyoga, 12 foiz – Yevropaga, 8 foiz mahsulot Yaqin Sharq va Afrikaga yuboriladi.

Oxirgi ikki yil kuzatilayotgan inqirozga qaramay, kompaniya Rossiya bozoriga eksport hajmini kamaytirmadi, biroq rublning qadrsizlanishi oqibatida savdodan oladigan daromadi kamaygan.

2015 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 1 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning 9 oyi natijalariga ko‘ra, xorijga 495 mln dollarlik kalava ip, 170 mln dollarlik tayyor trikotaj mahsuloti, 90 mln dollarlik gazlama va 17 mln dollarlik ipak mahsulotlari yuborilgan.

Top