18:37 / 13.11.2015
2461

Air France majlisda mushtlashgan to‘rt xodimni bo‘shatib yubordi

Air France aviakompaniyasi Sharl-de-Goll aeroportida 3 ming kishini ishdan bo‘shatish bo‘yicha kompaniya top-menedjyer majlisiga bostirib kirgan to‘rt xodimni vazifasidan ozod qilib, 11 kishiga nisbatan chora qo‘lladi, deya xabar qildi AR.

Kompaniya xabariga ko‘ra, mazkur qaror xodimlar bilan o‘rganilib, muhokama etilganidan bir necha hafta o‘tganidan so‘ng qabul qilingan. “To‘rt nafar xodim jismoniy tajovuzkorligini namoyish etgani uchun ishdan bo‘shatildi, 11 kishiga esa kompaniya mulkiga ziyon yetkazgani uchun ikki haftalik maoshdan mahrum qilindi”, - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, kompaniya uzoq yillardan buyon foyda miqdorini oshira olgani yo‘q. Shu bois endilikda Yaqin Sharq aviakompaniyalari va kam byudjyetli tashuvchilar bilan raqobatni davom ettirish uchun shtatlar va xarajatlar miqdorini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.

Top