10:10 / 13.11.2015
2923

"Barselona" Kandreva uchun 40 mln yevro taklif qilishi mumkin

"Latsio" jamoasi yarim himoyachisi Antonio Kandreva o‘z faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, rimliklar jamoasi prezidenti Klaudio Lotito va jamoa bosh murabbiy Stefano Pioli futbolchining o‘yinidan qoniqmayapti va uni sotishga tayyor.
"Barselona" jamosi sport direktori Aredo Brayda Kandrevani kuzatib bormoqda.

Il Messagero nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilishmoqchi.

Ma'lumot uchun, Italiya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi joriy mavsumda "Latsio" safida 8ta o‘yin o‘tkazib, hali gol ura olmagan.

Top